Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Hamdamov Narzullo Namozovich
Hamdamov Narzullo Namozovich

 

Viloyat hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo`jaligini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari 

 

telefon: 224-10-06, faks: 223-05-95, e-mail:

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati: har oyning birinchi seshanba, ikkinchi chorshanba va to`rtinchi payshanba kunlari soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

 

Quyidagilar viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo’shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo’jaligi xomashyosini sanoat yo’li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish  dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

viloyat hududida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo’llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

muhandislik va yo’l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

transport xizmati ko’rsatishni yaxshilash;

ko’rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyat ko’rsatishiga har tomonlama ko’maklashishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholini sifatli ichimlik suv, oqava suv tarmog’i bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo’jaligini rivojlantirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o’z yo’nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etib borish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

o’ta muhim va toifalangan inshootlarning xavfsizligini ta’minlashni tashkil etilishini nazorat qiluvchi hududiy idoralararo viloyat komissiyasi;

toshqinga qarshi favqulodda komissiya;

yonilg’i-energetika resurslarini tejash bo’yicha viloyat komissiyasi;

mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar
va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha maxsus komissiya;

yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyasi;

viloyat hokimligining “O’zdavzahira” faoliyati bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi;

Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspektsiyasi viloyat bo’limi;

viloyat  Davlat ekspertiza boshqarmasi;

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

“O’ztransgaz” AK hududiy tashkilotlari;

viloyat elektr tarmoqlari korxonasi;

viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi;

“Sinov va sertifikatlashtirish” davlat korxonasi;

O’zbekiston avtomobil va daryo tarnsporti agentligining viloyat bo’limi;

Aeroport;

mintaqaviy temir yo’l uzelining viloyat bo’limi;

kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) markazi;

“O’zavtoyo’l” AK hududiy tashkiloti;

“O’zdavneftegazinspektsiya” ning viloyat bo’limi”

“O’zdavenergonazorat” inspektsiyasi viloyat bo’limi;

Qora va rangli metallar tayyorlov idoralari;

“O’zneftmahsulot” unitar korxonalari;

og’ir sanoat, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalari;

agrosanoat korxonalaridan tashqari sanoat korxonalari;

qurilish industriyasi korxonalari;

qurilish-montaj pudrat tashkilotlari;

loyihalash muassasalari;

transport tashkilotlari;

kommunal xo’jalik tizimi korxonalari;

xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi.

 

Orqaga Chop Etish  1790 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 26
  • Ko`rib chiqilmagan: 9
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

28-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation