Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Sessiyalar /  2015 yil 23 oktyabr kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tadi
2015 yil 23 oktyabr kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tadi

2015 yil 13 avgust                                                                                       Buxoro shahri 40/6-V
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni sifatli tayyorlash maqsadida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi

                                                                            Q A R O R   Q I L A D I:

1.Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi 
2015 yil 23 oktyabr kuni soat 10.00 da viloyat hokimligining majlislar zalida chaqirilsin.
-Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2013 yil 27 iyul 192/41-IV-sonli “Buxoro viloyati hududiy fermerlar Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4478-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarining samaradorligi to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi haqida;
-“Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining viloyatdagi ijrosi to‘g‘risida;
-Shofirkon tumanidagi vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha faoliyatining samaradorligi haqida;
-Viloyat hokimining 2015 yil 20 yanvardagi 51-sonli “2015 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’milash dasturi” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Maxsudovning olib borayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
-“Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunlarning viloyatdagi ijrosi to‘g‘risida;
-“Buxoro viloyatida 2015 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash manzilli dasturida” belgilangan parametrlarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha, ayniqsa, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risida;
-“Buxoro shahar elektr ta’minoti tizimining holatini o‘rganish” to‘g‘risida.
2.Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlari tarkibi 
1, 2, 3, 4,5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3.Ishchi guruhlariga sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar va xulosalarni hamda sessiya qarori loyihalari bo‘yicha takliflarni 2015 yil 15 oktyabrgacha xalq deputatlari viloyat Kengashi raisiga taqdim etish topshirilsin.
4.Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi zimmasiga yuklatilsin.

Orqaga Chop Etish  1172 |   28-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

21-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation