Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Statistik va tahliliy ma`lumotlar /  2014 yil 4 chorak yakunlari bo'yicha ma'lumotlar
2014 yil 4 chorak yakunlari bo'yicha ma'lumotlar

Asosiy iqtisodiy kơrsatkichlar.

1. Asosiy makroiqtisodiy kơrsatkichlar. Viloyatda 2014 yil yakunida  yalpi hududiy mahsulot 8090,7 mlrd.sơmni  ya'ni ơtgan yilning mos davriga nisbatan 108,2 foizni va aholi jon boshiga tơğri keladigan  yalpi hududiy mahsulot 4569,2 ming sơmni tashkil  etib, mos ravishda 106,5 foizga ơsdi.

Shuningdek, sanoat mahsulotlari 3417,6 mlrd. sơmlik ishlab chiqarilib, ơtgan yilning mos davriga nisbatan ơsish sur'ati 107,6 foizni, xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish 1422,7 mlrd.sơmni, yoki ơsish sur'ati 110,9 foizni, qishloq xơjalik mahsulotlari ishlab chiqarilishi 3297,4 mlrd.sơmni va ơsish sur'ati 106,8 foizni, barcha manbalar hisobidan kapital mablağlarni ơzlashtirish 3308,3 mlrd.sơmni yoki ơtgan yilning mos davriga nisbatan 101,8 foizni, qurilish-pudrat ishlari hajmi 1633,9 mlrd.sơmni va 109,0 foizni, chakana savdo aylanmasi hajmi 3683,5 mlrd.sơmni yoki ơtgan yilning mos davriga nisbatan 114,5 foizni, jami xizmatlar hajmi 4329,6 mlrd.sơmni va ơtgan yilning mos davriga nisbatan 117,8 foizni, pullik xizmatlar hajmi 1264,6 mlrd.sơmni va ơtgan yilning mos davriga nisbatan 112,1 foizni tashkil  etdi.

1.2. Ijtimoiy soha ob'ektlarining qurilishi.

Uy-joy qurilishi bơyicha 2014 yil mobaynida 536,3 ming.kv.m rejalashtirilgan bơlib, joriy yilning xisobot davrida 714,9  ming kv.m uy-joy foydalanishga topshirildi, yillik reja  133,3 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, 594,8  ming kv.m. (yillik rejaga nisbatan 143,0 %)  yakka tartibda uy–joy quruvchilar va 120,1 ming kv.metr «Qishloq qurilish invest» kompaniyasi tomonidan qurib  foydalanishga topshirildi.

Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlashni  yaxshilash“ borasidagi farmonlarini bajarish borasida 2014 yilda 100 km ichimlik suv va 30 km gaz quvurlari qurish belgilangan. Hisobot davrida 191,4 km suv, 46,5 km gaz quvurlari qurib foydalanishga topshirildi, yoki yillik rejalar mos ravishda 191,4 va 155 foizga bajarildi. Ilk marotiba 27 ta qishloq aholi punkti toza ichimlik suv bilan ta'minlandi.

Qurilish pudrat ishlari

Vilyatda  pudrat tashkilotlari tomonidan  1633,860 mlrd.sơmlik pudrat ishlari bajarilib, bu kơrsatkich ơtgan yilning shu davriga nisbatan solishtirma narxlarda 109,0  foizni tashkil  etdi.

Jumladan: Buxoro shaharida 309,2 mlr.sơmlik 121 % ga, Kogon shaharida 105,8 mlr.sơmlik  96,8 % ga, Buxoro tumanida 118,7 mlrd.sơmlik 101,3 %ga, Vobkent tumanida 66,1 mlrd.sơmlik 113,7 %ga, Jondor tumanida 79,9 mlrd.sơmlik 113,5 %ga, Kogon tumanida 147,9 mlrd.sơmlik 93,5 %ga, Olot tumanida 64,8 mlrd.sơmlik 120,1 % ga, Peshku tumanida 63,8 mlrd.sơmlik 116,2 %ga, Romitan tumanida 174,4 mlrd.sơmlik 119,6 %ga, Shofirkon tumanida 94,1 mlrd.sơmlik 103,7 %ga,  Qorakơl tumanida 76,97 mlrd.sơmlik 113,2 %ga, Qorovulbozor tumanida 182,5 mlrd.sơmlik 97,3%ga, Ğijduvon tumanida 149,6 mlrd.sơmlik 115,7 %ga pudrat ishlari bajarildi.

Hududiy investitsiya  dasturi

Vilyatda 2014 yilda Hududiy investitsiya  dasturiga asosan 156 ta loyiha (shundan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan 2,7 mlrd.sơm va markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan  167,7 mlrd sơmni) jami 170,4 mlrd. sơmlik kapital mablağlar ơzlashtirilishi rejalashtirilgan.

 Yanvar-dekabr oylarida  170,4 mlrd.sơmlik mablağ ơzlashtirilishi rejalashtirilib, amalda 173,3 mlrd.sơmlik mablağlar ơzlashtirilib (101,7  foizga),  bajarildi, shundan markazlashgan investitsiyalar 2,7 mlrd.sơm (101,2 foizga), markazlashmagan investitsiyalar hisobidan 170,6 mlrd.sơmlik mablağlar ơzlashtirilib (101,7 foizga), shu jumladan korxonaning ơz mablaği hisobidan 70,7 mlrd.sơm (100,2 foizga), tijorat bank kreditlari hisobidan 78,3 mlrd.sơm (101,0 foizga), tơğridan-tơğri investitsiya  va kreditlari hisobidan 21,6 (109,9 foizga) mlrd.sơmlik mablağlar ơzlashtirildi.

Yanvar-dekabr oylarida 167 ta loyiha  amalga oshishi natijasida 2109 ta  yangi ish ơrinlari  yaratildi.

Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish.

2014 yilda vilo tda 1422,6 mlrd.sơmlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarilib, bu ơtgan yilga nisbatan 110,9 foizni tashkil  tadi.

Jumladan 642,0 mlrd.sơmlik (ơsish sur'ati 113,6 foiz) oziq-ovqat, 780,7 mlrd.sơmlik (ơsish sur'ati 108,7 foiz) nooziq-ovqat va 185,7 mlrd.sơmlik (ơsish sur'ati 127,1 foiz) engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish Dasturida  8 ta korxonada 11 ta loyiha  bơyicha 72,2 mln.sơm miqdorida yillik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish prognoz-topshiriği belgilangan.

2014 yil davomida mahalliylashtirish dasturi bơyicha  8 ta korxona tomonidan 13  ta loyihada belgilangan  100,7 mlrd.sơmlik prognoz-topshiriq  ơrniga 123,8  mlrd.sơmlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilib, topshiriq 123,0 foizga bajarildi.

2014 yil davomida mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotning  88,3 mlrd.sơmi ichki bozorga sotilib, 756,9 ming AQSh dollar miqdorida  eksport qilinishi,  hisobot davrida 51,4 mln.dollar miqdorida valyuta iqtisod qilindi.

 “Buxoro viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturi” doirasida 2014 yilda jami qiymati 217,0 mlrd.sơm (bank krediti 82,7 mlrd.sơm) hamda 50 ming dollarga teng bơlgan 1540 ta loyihalarni amalga oshirish hamda buning  evaziga 10 ming 667 ta  yangi ish ơrinlari  ratilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 20 dekabr  holatida qiymati 217,3 mlrd.sơmga (bank krediti 73,8 mlrd.sơm) hamda 50 ming dollarga teng 1540 ta loyihalar  tơliq amalga oshirilib, 10 ming 813 ta (rejaga nisbatan 101,3 %)  yangi ish ơrinlari  yaratilishiga  erishildi.

Jumladan, sanoat yơnalishida umumiy qiymati 124,5 mlrd.sơm hamda 50 ming dollarga teng bơlgan 296 ta loyihani amalga oshirilishi natijasida 7535 ta  yangi ish ơrinlari  yaratilishi rejalashtirilgan bơlsa, joriy yilning 20 dekabr  holatida umumiy qiymati 127,0 mlrd.sơmga (bank krediti 45,0 mlrd.sơm) hamda 50 ming dollarga teng 296 ta (rejaga nisbatan 100,0%) loyihalar tơliq amalga oshirilib, 7612 ta (rejaga nisbatan 101,0%) ish ơrinlari  yaratildi. Ishga tushgan loyihalar hisobidan jami 89 turdagi maxsulot ishlab chiqarish yơlga qơyildi. Monitoring natijalariga kơra 47,7 mlrd.sơmlik maxsulot ishlab chiqarilib viloyat hududiy sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishidagi ulushi 6,2 foizni tashkil  etmoqda.

Ma'lumot uchun sohalar kesimida:

Kimyo va neftkimyo – 17 ta loyiha qiymati 5,1 mlrd.sơm (bank krediti 5,4 mlrd.sơm) 199 ta ish ơrni;

Qurilish materiallari – 83 ta loyiha qiymati 11,4 mlrd.sơm (bank krediti 9,8 mlrd.sơm) 638 ta ish ơrni;

oziq-ovqat -85 ta loyiha qiymati 12,9 mlrd.sơm (bank krediti 5,9 mlrd.sơm) 511 ta ish ơrni;

Tekstil  va tơqimachilik – 95 ta loyiha qiymati 16,3 mlrd.sơm (bank krediti 23,0 mlrd.sơm) 6150 ta ish ơrni;

Mebel  va qoğoz – 6 ta loyiha qiymati 2,0 mlrd.sơm (bank krediti 757,0 mln.sơm) 59 ta ish ơrni;

Xizmat kơrsatish va servis yơnalishida umumiy qiymati 55,7 mlrd. sơmga teng 762 ta loyihani amalga oshirilishi natijasida 1536 ta  yangi ish ơrinlari  yaratilishi belgilangan bơlib, joriy yilning 20 dekabr  holatida umumiy qiymati 54,2 mlrd.sơmga teng 762 ta (rejaga nisbatan 100,0%) loyihalar tơliq amalga oshirilib, 1596 ta (rejaga nisbatan 103,9%) ish ơrinlari  yaratildi.

Qishloq xơjaligi yơnalishida umumiy qiymati 36,8 mlrd.sơmga (bank krediti 16,4 mlrd.sơm) teng 482 ta loyihani amalga oshirilishi natijasida 1596 ta  yangi ish ơrinlari  yaratilishi belgilangan bơlib, joriy yilning 20 dekabr  umumiy qiymati 36,2 mlrd.sơmga teng (bank krediti 12,0 mlrd.sơm)  482 ta (rejaga nisbatan 100,0 %) loyihalar tơliq amalga oshirildi va 1605 ta (rejaga nisbatan 100,5 %) ish ơrinlari  ratildi.

Qishloq xơjaligida islohotlarni qơllab-quvvatlash va rivojlantirish.

2014 yilda 3297,4 mlrd.sơmlik  yalpi qishloq xơjalik mahsulotlari etishtirildi. Shundan 1434,9 mlrd.sơmini chorvachilik mahsulotlari tashkil  etdi. 2013 yilning shu davrga nisbatan  yalpi qishloq xơjalik mahsulotlari ishlab chiqarish solishtirma narxda 106,8 foizga ơsdi. Viloyat qishloq xơjaligining yetakchi tarmoği paxtachilik bơlib, u bilan bir qatorda, donchilik, sabzavot – mevachilik, chorvachilik va boshqa tarmoqlar ham rivojlanib bormoqda.

Sabzavotchilik. Viloyatda 2014 yilda barcha tizim xơjaliklari bơyicha sabzavot 520,0 ming tonna, kartoshka 157,3 ming tonna, poliz 114,0 ming tonna, meva 217,2 ming tonna va 154,6 ming tonna uzum ishlab chiqarilib, ơtgan yilning shu davriga nisbatan sabzavot 41,9 ming tonnaga, kartoshka 17,8 ming tonnaga, poliz 9,6 ming tonnaga, meva 18,4 ming tonnaga va uzum 14,5 ming tonnaga kơpaytirildi.

Chorvachilik.  Viloyatda 2014 yilda gơsht ishlab chiqarish 182657 tonnani tashkil  etib, ơtgan yilning shu davriga nisbatan 10347 tonnaga oshdi yoki 106,6 foizga ơsdi. Bu borada kơpgina tumanlarda ơrtacha 106,0-106,7 foizlarda ơsish tashkil  etgan bir paytda, Kogon va Qorakơl tumanlari viloyat kơrsatkichidan pastligicha qolmoqda.

Pillachilik. Viloyat «Kumush tola ijodkorlari» rejadagi 3090 tonna ơrniga sanoat uchun qimmatbaxo xom ashyo hisoblangan 3403 tonna pilla yetishtirib, rejani 110,0 foizga bajarib, ơrtacha har bir quti qurt uruğidan 60,0 kilogramm pilla hosili oldilar.

Hududiy tasarrufdagi korxonalar  eksporti:

Buxoro viloyatiga 2014 yilga 35 mln.850 ming AQSh dollar miqdoridagi   eksport istiqboli belgilangan. Olingan tezkor ma'lumotga kơra 2015 yilning 1  yanvar  holatiga 67 mln.521 ming 4 yuz AQSh dollar  eksport amalga oshirilib, belgilangan  eksport istiqboli topshiriqqa nisbatan 188,3%ga bajarildi.

2015 yil 1  yanvar  holatiga jami 90 dan ortiq hududiy tasarrufdagi korxonalar, xususiy tadbirkorlar hamda tijorat banklar tomonidan  eksport amalga oshirildi.

Bu kơrsatkich ơtgan yilga nisbatan ơsish sur'atini 218,6% ni tashkil qildi

 
Orqaga Chop Etish  1177 |   14-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

23-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1198

Baholar

A`lo: 203

Yaxshi: 154

Qoniqarli: 215

Qoniqarsiz: 626

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori v.b. О.А.Eshbakov Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Sh.B.O'rinov Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation