Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Statistik va tahliliy ma`lumotlar /  2014 yil 1 chorak yakunlari bo'yicha ma'lumotlar
2014 yil 1 chorak yakunlari bo'yicha ma'lumotlar

Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

Viloyatda 2014 yil 1 chorak yakunida yalpi hududiy mahsulot 1292,5 mlrd.so‘mni ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 106,8 foizni va aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarilishi 734,9 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 105,1 foizga o‘sdi. Viloyatning Respublika yalpi xududiy maxsulotdagi ulushi 5,0 foizni tashkil qildi. Jumladan:

Sanoat mahsulotlari 795,8 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 foizni (prognoz 107,5 %), halq iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish 331,9 mlrd.so‘mni, yoki o‘sish sur’ati 113,1 foizni, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilishi 236,8 mlrd.so‘mni va o‘sish sur’ati 106,0 foizni (prognoz 106,1 %), barcha manbalar hisobidan kapital mablag‘larni o‘zlashtirish 651,8 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 122,8 foizni, qurilish-pudrat ishlari hajmi 246,8 mlrd.so‘mni va 101,5 foizni (prognoz 108,2 %), chakana savdo aylanmasi hajmi 651,7 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 112,5 foizni (prognoz 112,0 %), jami xizmatlar hajmi 869,7 mlrd.so‘mni va o‘tgan yilga nisbatan 117,7 foizni (prognoz 117,0 %), pullik xizmatlar hajmi 273,8 mlrd.so‘mni va o‘tgan yilga nisbatan 110,6 foizni (prognoz 112,2 %) ni tashkil etdi.

Hisobot davrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yalpi hududiy mahsulotda transport va aloqa sohasining ulushi 0,1 bandga, savdo va umumiy ovqatlanish sohasining ulushi 0,4 bandga oshgan bo‘lsa, soliqlarning ulushi 4,6 bandga kamaydi.

Iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalar hisobot davrida 187,3 mlrd.so‘mni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 73,7 foizni tashkil etib, ajratilgan kreditlarning 90,0 mlrd.so‘mi yoki 48,0 foizi uzoq muddatli kreditlardir.

Jami kredit mablag‘larning 90,1 mlrd.so‘m kichik biznes sub’ektlarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi va ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 122,3 foizni tashkil etib, shundan 663,5 mln.so‘mi imtiyozli kreditlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlar bo‘lib o‘tgan yilga nisbatan 180,3 foizni tashkil etdi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 3 avgustdagi “Qishloq joylarida uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ1167-sonli qarorga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 8 sentyabrdagi PQ1403-sonli «Qishlok joylarida uy-joy qurilishini yaxshilash va loyiha ishlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2009 yildagi 6 avgustdagi 213-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan 2014 yil viloyatning 21 massivida 839 ta uy-joy qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida 17,7 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi.

Sanoat

Viloyatdagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha sanoat mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan joriy yilning 1-choragida  796,8 mlrd. so‘mlik maxsulot ishlab chiqarilib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,3 foizni tashkil etib, hukumat tomonidan belgilangan 107,5 foiz prognoz topshirig‘i 1,8 punktga ortig‘i bilan bajarildi.

Xududiy tasarrufdagi sanoat korxonalari tomonidan 189,1 mlrd. so‘mlik yoki 113,8 foiz sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, hukumat tomonidan belgilangan 113,0 foiz prognoz topshiriq 0,8 punktga ortig‘i bilan uddalandi.

Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish

Joriy yilning 1 choragida  111,5 foiz xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish topshirig‘i ham  113,1 foizga yoki 1,6 foiz ortig‘i bilan bajarildi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish viloyat bo‘yicha 109,3 foizga uddalangan bir vaqtda, bu ko‘rsatkich ayniqsa Kogon shahrida 102,8 foizni, Peshko‘ tumanida 103,3 foiz, G’ijduvon tumanida 104,5 foiz,  Shofirkon tumanida 104,6 foiz, Buxoro tumanida 105,7 foizga, Vobkent tumanida 108,6 foizga, Qorako‘l tumanida 109,1 foiz,  Buxoro shahrida 107,0 foiz viloyat ko‘rsatkichidan past darajada bajarildi.

Viloyat bo‘yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 34,8 foizi Qoravulbozor tumaniga, 12,8 foizi Buxoro shahri, 9,7 foizi Kogon shahri, 8,7 foizi Romitan tumanlari ulushiga to‘g‘ri keldi.

Shunindek, aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish viloyat bo‘yicha 188,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 fevraldagi PQ-2120–sonli “2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni maxalliylashtirishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyatdagi 6 ta korxonada 7 ta loyiha  bo‘yicha mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish  belgilangan.

2014 yilning 1 choragi davomida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar tomonidan 15,5 mlrd.so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilib, topshiriq 74,8 foizga uddalandi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 4,7 mlrd. so‘mligi ichki bozorga sotildi va 63,6 ming. dollarlik mahsulot eksport qilindi,  7,1 mln. dollar miqdorida valyuta iqtisod qilindi.

“Buxoro viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturi”

“Buxoro viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturi” doirasida 2014 yilda jami qiymati 300,8 mlrd.so‘m hamda 1900 ming dollarga teng bo‘lgan 1520 ta loyihalarni amalga oshirish hamda buning evaziga 11 ming 333 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1 choragida qiymati 19,8 mlrd.so‘mlik 81 ta loyihani amalga oshirish va 332 ta ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, 1 aprel holatida 38,1 mlrd.so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi va 153 ta loyiha amalga oshirilib, 680 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.

Jumladan, sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 17,8 mlrd.so‘mga teng 21 ta loyihani amalga oshirilishi natijasida 238 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, joriy yilning 1 aprel holatida umumiy qiymati 33,6 mlrd.so‘mga teng 30 ta (rejaga nisbatan 142,9%) loyihalar amalga oshirildi va 430 ta (rejaga nisbatan 180,6%) ish o‘rinlari yaratildi.

Xizmat ko‘rsatish va servis yo‘nalishida umumiy qiymati 2,0 mlrd. so‘mga teng 56 ta loyihani amalga oshirilishi natijasida 88 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 1 aprel holatida umumiy qiymati 3,4 mlrd.so‘mga teng 80 ta (rejaga nisbatan 142,8%) loyihalar amalga oshirildi va 128 ta (rejaga nisbatan 145,5%) ish o‘rinlari yaratildi.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 63 mln.so‘mga teng
4 ta loyihani amalga oshirilishi natijasida 6 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Joriy yilning 1 aperl holatida umumiy qiymati 1,1 mlrd.so‘mga teng 43 ta loyihalar to‘liq amalga oshirildi va 122 ta (rejaga nisbatan 20,3 m.k.) ish o‘rinlari yaratilib, 1 chorak reja ortig‘i bilan bajarildi.

Qishloq xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish

2014 yilning 1-choragida amaldagi narxlarda 236,8 mlrd. so‘mlik yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirildi. Shundan 211,1 mlrd. so‘mini chorvachilik mahsulotlari tashkil etdi. 2013 yilning shu davriga nisbatan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 106,0 foizni tashkil etadi.

2014 yilning 1-choragida, barcha tizim xo‘jaliklarida o‘tgan yil shu davriga nisbatan go‘sht ishlab chikarish 2358 tonnaga, sut 9,4 migsh tonnaga, tuxum ishlab chikarish 4873 ming donaga, jun 48,2 sentnerga va qorako‘l teri 3,3 ming donaga ko‘paytirildi.

Chorvachilik maxsulotlari ishlab chikarishda dexqon xo‘jaliklari, ya’ni shaxsiy sektorning hissasi oshmokda. Jumladan: mahsulot umumiy hajmiga nisbatan shaxsiy sektorning ulushi go‘sht ishlab chikarish buyicha 95,5 foizni, sut ishlab chiqarish buyicha 95,1 foizni va tuxum ishlab chiqarish bo‘yicha 47,6 foizni tashkil etadi.       

Viloyatdagi faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 4193 ta fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 788,2 ming gektarni tashkil etmoqda. Hozirgi kunga qadar fermer xo‘jaligi a’zolarining soni 71,0 ming kishidan iborat. Ular ixtiyorida 53916 bosh qoramollar, shu jumladan 16923 bosh sigirlar, 181,8 ming bosh qo‘y va echkilar va 164,4 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2014 yilning 1-choragida ular hisobidan 931 tonna go‘sht, 6523 tonna sut, 997 ming dona tuxum va boshqa chorva mahsulotlari yetishtirilgan.

Hududiy eksport

Buxoro viloyatidagi hududiy tasarrufdagi korxonalarga  2014 yilda eksport istiqboli ko‘rsatkichi 35850,0 ming AQSh dollari miqdorida belgilangan.

Joriy yilning yanvar-mart oyida jami hududiy eksport istiqboli 7170,0 ming AQSh dollari miqdorida belgilangan bo‘lib, amalda 7278,8 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulot va xizmatlar eksport qilinishi va istiqbol topshirig‘i 101,5 foizga bajarildi.

Hududiy eksport bo‘yicha topshiriq bajarilgan bo‘lsada, istiqbolga kiritilgan korxonalar bo‘yicha 36,0 foizga bajarildi xolos. Ya’ni istiqboldagi korxonalarga yanvar-mart oylarida 6070,0 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport topshirig‘i qo‘yilgan bo‘lib, amalda 2187,4 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport amalga oshirildi. Korxonalarning eksport bo‘yicha belgilangan istiqbol ko‘rsatkichlarining bajarilmasligiga bir qator sabablar mavjud.

 
Orqaga Chop Etish  1186 |   14-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation