Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Davlat dasturlari /  2014 yil «Sog`lom bola yili»
2014 yil «Sog`lom bola yili»

Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy etuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo‘lda safarbar etish maqsadida hamda 2014 yil «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan:

1. Quyidagilar «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:

sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish;

sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalik muhofazasini ta’minlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ro‘zg‘or tashvishlarini engillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

sog‘lom bolani voyaga etkazishda, patologiyalarsiz bolalar tug‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining roli va mas’uliyatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish;

sog‘lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash, boshlang‘ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, bolalar, ayniqsa qiz bolalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg‘otish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va madadni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun mas’ul bo‘lgan sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, ularni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish, sog‘lom bolani tarbiyalash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani keng ko‘lamda o‘rganish va amalda joriy etish;

sog‘lom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga etkazishda, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ularga ko‘mak berish, bolalarni turli to‘garaklarga jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oilalar va jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordamni o‘z vaqtida va manzilli ko‘rsatish borasida mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining mas’uliyatini kuchaytirish;

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda uning bajarilishi to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, bunda ommaviy axborot vositalarining, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarining va Internet tarmog‘ining imkoniyatlarini faol ishga tushirish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 dekabrdagi R-4175-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil qilingan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat tashkilotlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoev) zimmasiga «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar amalda bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.

Respublika komissiyasi:

bir hafta muddatda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, tumanlar va shaharlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin, ularning zimmasiga Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar so‘zsiz, to‘liq ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlikni yuklasin;

ikki hafta muddatda — vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik va idora, hudud, shahar, tuman va aholi punkti bo‘yicha hududiy va tarmoq «Sog‘lom bola yili» dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini;

tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvining respublika organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari darajasida ishlar muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;

yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi to‘g‘risidagi axborot taqdim etilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi:

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari, uni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari va chora-tadbirlari bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internetning global tarmog‘ini jalb etgan holda aholi orasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini;

Davlat dasturining bajarilishi to‘g‘risida, unda nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy ishtiroki va aniq hissasi aks ettirilgan holda, keng jamoatchilik doimiy ravishda xabardor qilib turilishini ta’minlasinlar. 

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh. 

2014 yil 19 fevral,

PQ-2133-soн

Orqaga Chop Etish  1309 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 37
  • Ko`rib chiqilmagan: 20
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-07-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation