Bosh sahifa /  Davlat dasturlari /  2013 yil — «Obod turmush yili»
2013 yil — «Obod turmush yili»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
2013 yilning «Obod turmush yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan mamlakatda xalqning turmush darajasi va sifatini oshirish, farovonlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash vazifalarini amalga oshirishga resurslar va imkoniyatlarni safarbar qilish, davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarini keng jalb etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida: 1. «Obod turmush yili» Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin, quyidagilar uni amalga oshirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

a) mamlakatda barqarorlik va xavfsizlikni, fuqarolar totuvligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlash, inson huquqlari, erkinligi va manfaatlari muhofazasini ta’minlash;

b) aholi farovonligi va real daromadlarining izchil o‘sishini ta’minlash, ish bilan bandlikni oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni yanada rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda, uning ijtimoiy nochor qatlamlarini va kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan aniq manzilli muhofaza qilish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish;

v) aholi salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, ularni zamonaviy tashxis va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash, kasalliklar profilaktikasini kengaytirish hamda ularni davolashning ilg‘or tibbiy texnologiyalari va metodlarini joriy etish, pirovard natijada – odamlarning, ayniqsa bolalar va onalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash;

g) jismoniy va ma’naviy sog‘lom, uyg‘un kamol topgan o‘sib kelayotgan avlodni, professional, zamonaviy darajada tayyorlangan kadrlarni tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini har tomonlama oshirish, ta’lim saviyasini yanada takomillashtirish va sifatini yuksaltirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

d) xalqning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yangi uy-joylar qurish, zamonaviy yo‘llar va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish, aholi punktlarini toza ichimlik suv, elektr energiyasi va issiqlik bilan kafolatli ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

e) mahalla institutini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning huquqlari va vakolatlarini kengaytirish, joylarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, yosh va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berishni yaxshilash, mahallalar va uy-joy mavzelarining tashqi qiyofasini sifat jihatidan yaxshilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalarini hal etishda ularning roli va ahamiyatini oshirish;

j) oilalarni yanada mustahkamlash, ayollarning oila va jamiyatdagi roli va maqomini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ish bilan bandligini ta’minlash hamda ayollarning iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalaridagi faoliyatini munosib rag‘batlantirish, ularning o‘z iqtidorini namoyon qilishi va uy-ro‘zg‘ordagi ishlarini engillashtirish uchun qulay ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 dekabrdagi F-3940-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Respublika komissiyasiga «Obod turmush yili» Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va monitoringini olib borish vazifasi yuklansin.

3. «Obod turmush yili» Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoev) quyidagilarni ta’minlasin: bir hafta muddatda – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va tegishli hududlarning hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tuzish, ularga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning so‘zsiz, to‘liq ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyatni yuklash; ikki hafta muddatda – vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik va idora, hudud, shahar, tuman va aholi punkti bo‘yicha «Obod turmush yili» hududiy hamda tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan yo‘nalishlar va tadbirlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarish ishlarini muvofiqlashtirish, ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish; har chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga tasdiqlangan «Obod turmush yili» Davlat dasturi tadbirlarining bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etish.

4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari:

«Obod turmush yili» Davlat dasturining maqsadi va vazifalarini, uni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari va chora-tadbirlarini aholi o‘rtasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini; keng jamoatchilikning Davlat dasturi bajarilishi to‘g‘risida doimiy xabardor bo‘lishini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi aniq hissasi yoritilishini ta’minlasinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh. 2013 yil 14 fevral,
PQ-1920-son

Orqaga Chop Etish  1541 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation