Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Viloyat boshqarmalari /  Davlat bojxona qo'mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi
Davlat bojxona qo'mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi

Rahbar: Choriyev Otabek Bobomuratovich

Manzil : Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi 352 uy

Indeks: 200109

Mo‘jal: Buxoro aeroportdan 1 km. uzoqlikda

Ishonch telefonlari : 221-61-00

Telefon: 221-60-00

Faks : 221-67-00 

Ye-xat elektron pochta manzili - buxoro@customs.uz

Boshqarmaga boradigan avtobus:

100-raqamli avtobus.

 

BUXORO VILOYATI BOJXONA BOSHQARMASI TO‘G‘RISIDA

Buxoro viloyatining umumiy maydoni - 41,937 ming km2 tashkil etadi.

Viloyat hududi asosan Qizilqum cho‘lida joylashgan. Janubiy-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoliy-g‘arbdan Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shimol va sharq tomondan Navoiy viloyati, janubiy-sharqdan Qashqadaryo viloyati, janubiy-g‘arbdan Turkmaniston bilan chegaradosh.

Turkmaniston bilan chegarasining umumiy uzunligi 308 km.ni (Qorako‘l tumani - 178 km., Olot tumani - 87 km. va Romitan tumani - 43 km. ) tashkil etadi.

Viloyat aholisining etnik tarkibi asosan o‘zbek, rus, turkman, tojik, ukrain, eron, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi.

Transport-logistika tizimi.

Buxoro viloyatidan magistral temir yo‘li o‘tgan. Eng katta temir yo‘l stansiyasi bekati - Kogon shahridagi “Buxoro II” temir yo‘l stansiyasi bekati.

Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 9820 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yo‘llar 4655 km.

Asosiy avtomobil yo‘llari: Buxoro—Toshkent, Buxoro—Urganch—Nukus, Buxoro—Turkmanobod (Chorjo‘y) va Buxoro—Termiz yo‘nalishlari.

“Buxoro” halqaro aeroporti faoliyat yuritmoqda (haftasiga

1

Ташкил топган вақти

1938 йил 15 январь

2

Худуди

41.937 минг км2

3

Аҳолиси

1 млн 829 минг киши

4

Туманлар сони

11 та маъмурий туманлар

5

Чегарадош давлатлар

Туркманистон - чегара узунлиги  308 км

6

Энг йирик ишлаб чиқариш корхоналари

-МЧЖ “Бухоро нефтни қайта ишлаш заводи”

-ҚК “Бухоро гилам”

-ҚК “Шахбоз Шахром”

-ҚК  “Бухоро лапса”

-МЧЖ шаклидаги  “Дэу текстил Бухара” ХК

-ҚК “Текстиль спектрум колорс”

- МЧЖ шаклидаги “Кнауф гипс Бухара” ХК

-МЧЖ “Мергантекс”

- МЧЖ шаклидаги "Бухара бриланд силк" ҚК

Hozirgi vaqtda Buxoro davlat me’moriy badiiy muzey qo‘riqxonasi hisobida 997 ta tarixiy yodgorliklar mavjud. Jumladan:

Buxoro Arki, Labi Hovuz va Bolo Hovuz majmualari, Masjidi Kalon majmuasi, Sitorai Moxi Xosa saroyi, Somoniylar maqbarasi, Abu Hafzi Kabir maqbarasi, Sayfiddin Boharziy maqbarasi, Chorbakr ansambli, Hazrat bobo masjidi, Vobkent minorasi, Chashmai Ayyub hazirasi, Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy (G‘ijduvon), Xo‘ja Orif-ar-Revgariy (Shofirkon), Mahmud Anjir-Fag‘naviy (Vobkent), Xo‘ja Ali Rometaniy (Romitan), Boboyi Samosiy (Romitan), Mir Sayyid Kulol (Kogon), Bahouddin Naqshband (Kogon) majmualari mavjud.

Xalqaro maqomga ega bojxona postlari - “Olot” chegara bojxona kompleksi, “Buxoro aeroport” chegara hamda “Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona postlari. 

Buxoro viloyatining xalqaro maqomiga ega bo‘lgan mazkur bojxona postlari orqali respublikaning asosiy tovar va transport vositalari hamda tranzit yuklari bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.

Birlashgan Arab Amirliklari, Eron Islom Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Turkiya davlatlarining hamda ular orqali harakatlargan avtotranspost vositalari bevosita “Olot” chegara bojxona kompleksi orqali respublika hududiga kirib keladi yoki tranzit tartibda harakatlanadi. 

Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va nazorat-texnik vositalaridan samarali foydalanilmoqda.

Shuningdek, “Olot” chegara bojxona kompleksi chet el grant mablag‘lari evaziga zamonaviy katta hajmdagi yuklarning nazoratini amalga oshiruvchi mobil inspeksion-tekshiruv majmuasi bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari bojxona postlarida o‘q-dori, qurol-yaroq, portlovchi va giyohvandlik moddalari, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga doir adabiyotlar va turli materiallar kontrabandasiga, tarixiy, madaniy, milliy boyliklar va tovarlarning noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi kurashish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Viloyatda mulkchilikning barcha turiga oid sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan eksport va import operatsiyalarini elektron tartibda amalga oshirishlari uchun boshqarmaning tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

“Olot” chegara bojxona kompleksi. 1995 yil aprel oyida tashkil topgan. Buxoro viloyati, Olot tumani Turkmaniston Respublikasi bilan chegarasida, M-37 avtomagistralda joylashgan. Viloyat bojxona boshqarmasidan 110 km uzoqlikda joylashgan. (Toifadan tashqari) Tel:(0365 )221-63-23

“Olot” chegara bojxona kompleksi orqali harakatlanayotgan avtotransport vositalari va ularda tashilayotgan tovarlar, fuqarolar va ularning qo‘l yuklarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan. 

“Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona posti. 1999 yil noyabr oyida tashkil topgan. Buxoro viloyati, Olot tumani, “Soyin-Qorovul” qishloq fuqarolar yig‘ini, “Xo‘jadavlat” temir yo‘l bekati binosida joylashgan. Viloyat bojxona boshqarmasidan 107 km. uzoqlikda joylashgan.
(Toifadan tashqari) Tel: (0595)600-14-31

“Xo‘jadavlat” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan temir yo‘l transport vositalari, ularda tashilayotgan tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.





“Buxoro aeroport” chegara bojxona posti. 1991 yil oktyabr oyida tashkil topgan. Buxoro viloyati, Buxoro shahar, B.Naqshband ko‘chasi, 10 uy. Viloyat bojxona boshqarmasidan 1 km uzoqlikda joylashgan.
(Birinchi toifali) Tel: (0365)228-91-15

“Buxoro aeroport” chegara bojxona posti orqali fuqarolar, ularning qo‘l yuklari va bagajlarini hamda tovar va transport vositalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazadi. 



“Buxoro” TIF bojxona posti. 1994 yil aprel oyida tashkil topgan. Buxoro shahar, Sanoatchilar ko‘chasi, 2- uy, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” OAJ Buxoro filiali xududida Viloyat bojxona boshqarmasidan 2 km. uzoqlikda joylashgan. (Birinchi toifali) Tel: (0365)225-38-30, 225-38-80

“Buxoro” TIF bojxona postida bojxona yuk deklaratsiyalari asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.

Shuningdek avtotransport, temir yo‘l hamda pochta orqali kelgan tovarlarni rasmiylashtirishga ixtisoslashtirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi “Eksport operatsiyalarini “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 305-sonli qarori hamda DBQning 2011 yil 22 noyabrdagi 285-sonli buyrug‘iga muvofiq “Buxoro” TIF bojxona postida “bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi tashkil qilingan. TIF qatnashchilari tomonidan tovar va transport vositalarini “Eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish maqsadida, “Buxoro” TIF bojxona posti joylashgan “O‘ztemiryo‘lkonteyner” OAJ Buxoro filiali hududidagi binodan “Buxoroekspertiza” shu’ba korxonasi, viloyat transport veterinariya nazorati punkti, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Sinov va Sertifikatlashtirish Markazi Davlat korxonasi, Davlat sanitariya epidemologiya nazorat markazi va Tabiatni muhofaza qilish xodimlari faoliyat ko‘rYakorsatib kelmoqda.



“Kogon” TIF bojxona posti. 1991 yil noyabr oyida tashkil topgan. Buxoro viloyati Kogon tumani, “Tut-kunda” MFY hududida joylashgan bo‘lib, viloyat bojxona boshqarmasidan 6 km. uzoqlikda. (Ikkinchi toifali) Tel: (0365)228-71-69

“Kogon” TIF bojxona postida bojxona yuk deklaratsiyalari asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradi. Shuningdek, avto va temir yo‘l transportida tashiladigan yuklarni rasmiylashtirishga mo‘ljallangan TIF bojxona posti hisoblanadi.



“Buxoro paxta terminali” TIF bojxona posti. 1994 yil aprel oyida tashkil topgan. Buxoro viloyati , Kogon tumani , Kogon shossesi, 38 uy, “Buxoro trans terminal” IChTK ma’muriy binosida. Buxoro viloyati bojxona boshqarmasidan 7 km. uzoqlikda joylashgan. (Ikkinchi toifali) Tel:(0365)228-72-99

“Buxoro paxta terminali” TIF bojxona posti bojxona yuk deklaratsiyalari asosida paxta tolasi eksportini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.



“G‘ijduvon” TIF bojxona posti. 1994 yil fevral oyida tashkil topgan. Davlat bojxona qo‘mitasining 2017 yil 19 apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalarda bojxona postlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi
180-sonli buyrug‘iga asosan “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasiga “G‘ijduvon” TIF bojxona posti biriktirilgan bo‘lib, G‘ijduvon shahridagi A.Qahhor MFY, Yu.Hamadoniy ko‘chasida joylashgan “Parvoz Xumo Ravnaq trans” MChJ ma’muriy binosida. Buxoro viloyati bojxona boshqarmasidan 50 km. uzoqlikda joylashgan. (Ikkinchi toifali) Tel: (0365)221-60-00, (99891)312-73-77

“G‘ijduvon” TIF bojxona posti bojxona yuk deklaratsiyalari asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi amalga oshiradi.

“Qorovulbozor” TIF bojxona posti. 1993 yil noyabr oyida tashkil topgan. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani, Qarshi shoh ko‘chasi, “Qorovulbozor Texnik Ta’minlash va Butlash” ShK ma’muriy binosida joylashgan. Buxoro viloyati bojxona boshqarmasidan 50 km. uzoqlikda.
(Ikkinchi toifali) Tel: (0595)608-36-40



“Qorovulbozor” TIF bojxona posti asosan nefti gaz tashkilotlarini nomiga kelayotgan tovar va transport vositalarini bojxona yuk deklaratsiyalari asosida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazib rasmiylashtiradi.

“Qorako‘l” TIF bojxona posti. 1996 yil sentyabr oyida tashkil topgan. Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Korako‘l shahri Buxoro ko‘chasi 9 uyda, Viloyat bojxona boshqarmasidan 70 km. Uzoqlikda. (Ikkinchi toifali)
Tel: (0365)600-99-50

“Qorako‘l” TIF bojxona posti asosan “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ nomiga kelayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona yuk deklaratsiyalari bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.

 

BUXORO VILOYATI BOJXONA BOShQARMASI RAHBARIYATI TOMONIDAN JISMONIY ShAXSLARNI VA YuRIDIK ShAXSLARNI VAKILLARINI QABUL QILISH

JADVALI

 

ЛАВОЗИМИ

Ф.И.Ш

ҲАФТА КУНЛАРИ ВА ҚАБУЛ ҚИЛИШ ВАҚТИ

БОШҚАРМА БОШЛИҒИ

 

ЧОРИЕВ ОТАБЕК БОБОМУРАТОВИЧ

ҲАР КУНИ

(0800дан-2000гача)

БОШҚАРМА БОШЛИҚНИНГ  БИРИНЧИ ЎРИНБОСАРИ

САЙДАЛИЕВ  РАВШАН САИДМУРОДОВИЧ

ҲАР КУНИ

(0800дан-2000гача)

БОШҚАРМА БОШЛИҒИ ЎРИНБОСАРИ

ФАЙЗУЛЛАЕВ ЖАСУРБЕК ШАВКАТОВИЧ

ҲАР КУНИ

(0800дан-2000гача)

Izoh: Jadval asosida boshqarmadan belgilangan mas’ul xodim fuqarolarni qabul qilish xonasida bo‘lishi shart. Boshqarma rahbariyati o‘z ish o‘rnida bo‘lmagan vaqtlarda (selektor yig‘ilishi, xizmat safarida va h.k.) ular o‘rniga qabul qilish boshqa vakolatli xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

 

 

.

Orqaga Chop Etish  2766 |   02-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

19-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation