Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlikning me'yoriy huquqiy hujjatlari  /  Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash to‘g‘risida
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 17-son, 131-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ- 3037-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 23-son, 457-modda) qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 


QAROR QILAMAN:


1. Bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘im miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari
2-ilovaga muvofiq;
bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlarni ijaraga berishda undiriladigan to‘lovlarning minimal miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan ob’ektlarni saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va qiymati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat davlat soliq boshqarmasi (Q.Igambergenov)ga viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘lovlarining to‘g‘ri va to‘liq undirilishi hamda tegishli qismini mahalliy byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan doimiy nazorat olib borish topshirilsin.
3. Bozorlar va savdo komplekslari rahbarlari bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar va ijara to‘lovi miqdorlari, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati hamda qiymatini o‘zida aks ettiruvchi ma’lumotlar oynasini bozorlar va savdo komplekslarining barcha kirish joylarida o‘rnatilishini ta’minlasinlar.
4. Viloyat hokimining 2017 yil 7 martdagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi 138-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida hamda hokimlikning buxoro.uz rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Umarov zimmasiga yuklatilsin.


 

Viloyat hokimi                                                                                                                                         O‘.Barnoyev

Orqaga Chop Etish  330 |   07-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

18-12-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation