Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Abdullayev Mehriddin Razzoqovich
Abdullayev Mehriddin Razzoqovich

Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o`rinbosari

Tug‘ilgan yili: 21.05.1969
 

Tug‘ilgan joyi:Buxoro viloyati, Jondor tumani 
 

Millati: o‘zbek

Tamomlagan:1993 y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (kunduzgi) 2005 y. Toshkent davlat yuridik instituti (sirtqi)

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodchi-matematik, huquqshunos

Qabul qilish kunlari:  Har oyning  uchinchi seshanbasi, to`rtinchi jumasi 10:00 - 12:00 gacha  

Adres: Buxoro shahar I.Muminov ko`chasi 1 -uy.

MEHNAT FAOLIYATI

1988-1993 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
1993-1994 yy. - Markaziy bank Jondor tumani bo‘limi bosh iqtisodchisi
1994-1997 yy. - “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki Jondor bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 
bosh mutaxassisi
1997-2003 yy. - “Asaka” davlat aksiyadorlik-tijorat banki Buxoro viloyat filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, filial boshqaruvchisi
2003-2006 yy. - Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i
2006-2010 yy. - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2010-2012 yy. - Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori
2012-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari
2015-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi 
ijro etuvchi direktori
2016 y. - h.v. - Buxoro viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2016 yil 11 martgacha Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori  

 

Quyidagilar viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari


O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash;
viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish;
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag‘ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga nakd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish.


Viloyat hokimligida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi:

-Viloyat davlat soliq boshqarmasi;
-Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va viloyatdagi barcha tijorat banklari; 
- Viloyat g‘aznachilik boshqarmasi;
- Viloyat hokimligi moliya boshqarmasi;
- Viloyat nazorat-taftish boshqarmasi;
- Viloyat statistika boshqarmasi;
- Viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi -Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi;
-Viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi;
-“Agrosug‘urta” DASK;
-“O‘zbekinvest” DASK;
-“Kafolat” DASK;
-“Madad” sug‘urta agentligi;
-Viloyat hokimligi mehnat bosh boshqarmasi;
-Viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi;
-Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi viloyat bo‘limi;
-“Buxorogo‘shtsutsavdo” aksiyadorlik jamiyati raisi; 
-“Jondor ulgurji savdo invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
-“Baqqollik” mas’uliyati cheklangan jamiyati; 
-“Buxoro oziq-ovqat” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
- Barcha dehqon bozorlari va savdo komplekslari;
- Savdo sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi;
- Viloyatda barcha avto dillerlar;
- “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi dereksiyasi;

 

Orqaga Chop Etish  6518 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-09-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation