Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Telekommunikatsiyalar sohasidagi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar!!!
Telekommunikatsiyalar sohasidagi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar!!!

 

Respublikamizda bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab quvvatlaydigan va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik bazasi yanada takomillashib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi

458-sonli qarori bilan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomiga asosan Telekommunikatsiya sohasida mahalliy, shaharlararo, xalqaro, ko‘chma radiotelefon, ma’lumotlar uzatish va teleradioeshittirishlarini tarqatish tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanilishi va xizmatlar ko‘satish faoliyat turlari litsenziyalanishi shartligi belgilangan. Mazkur faoliyatlar bilan shug‘illanish istagi bo‘lgan kichik biznes va tadbirkorlarga litsenziya olishda yaqindan yordam berish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli litsenziyalar olish to‘g‘risida ma’lumotlar olish va tegishli hujjatlar to‘plamini qabul qilib, litsenziyalovchi organga ko‘rib chiqish uchun yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 oktyabrdagi "Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 421-son qarori bilan telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziyalar olish uchun davlat boji miqdorlari tasdiqlangan. Shularga ko‘ra qishloq joylaridagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarida va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida xizmatlar ko‘rsatish faoliyat turlariga olinadigan litsenziyalar uchun davlat boji eng kam oylik ish haqqining 1 baravari miqdorida, shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlarida xizmatlar ko‘rsatish faoliyat turiga 5 baravari miqdorida va xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarida xizmatlar ko‘rsatish faoliyat turiga 10 baravari miqdorida belgilangan.

Qishloq joylarda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya hamda xalqaro, shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar bir paytda olinganda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar davlat boji undirmasdan beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 iyuldagi

196-sonli qaroriga asosan faoliyat turlariga beriladigan litsenziya hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori eng kam oylik ish haqqining 1 baravari etib belgilandi.

Shular qatorida Respublikamizda xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015 yil 20 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining 391-son Qonuni chiqarildi.

Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 31 iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2015 yil 6 avgustda ma’qullangan bo‘lib, unda telekommunikatsiyalar sohasidagi Qonunlarga ham bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Jumladan, Qonunning 24-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi 71-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5-6, 142-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011 yil, № 9, 245-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilgan:

1) 14-modda birinchi qismining:

uchinchi xatboshisi ya’ni, “litsenziyalovchi organ litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqishi uchun litsenziya da’vogari yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat” chiqarib tashlangan;

to‘rtinchi “faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qo‘yiladigan talablar va shartlarni litsenziya da’vogari bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa hujjatlar” va beshinchi “Litsenziya da’vogaridan ushbu Qonunda hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi o‘zga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi” xatboshilari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblanishi belgilangan.

2) 22-moddaning beshinchi qismidagi ya’ni, “Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida o‘n kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart” jumlasidagi «o‘n kun muddat» degan so‘zlar «uch kun muddat» degan so‘zlar bilan almashtirilgan.

Mazkur qonunning 29-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi 562-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 1-2, 12-modda) 6-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilgan:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilgan:

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalana oladi»;

beshinchi qism oltinchi qism deb hisoblanishi belgilangan.

Telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha beriladigan litsenziyalar yuzasidan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga vazirlikning rasmiy veb sayti www.ssitt.uz orqali yoki Vazirlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining 223-14-84 raqamli telefonlari orqali qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni olishlari mumkin.

 

Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari

sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi inspektori

Shuxrat Sayfidinov

Orqaga Chop Etish  493 |   27-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

21-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation