Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Tadbirkorlik subyektlariga oid hujjatlar  /  Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar

Yuklab olish pdf

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi 
PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi 
PF-4848-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi 
PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan:
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi;
2017 yilning 1 yanvaridan boshlab:
tadbirkorlik sub’ektlarining rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinganligi, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo‘yicha berilgan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno; 
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini, shu jumladan jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinganligi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik sub’ektlari va ularning xodimlari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qo‘llanilishidan ozod etilganligi;
noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e’tiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub’ekti sifatida ruyxatdan o‘tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etilganligi; 
tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo‘llanilmasligi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida amalda bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini (resurs va bojxona to‘lovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qo‘llash huquqi berilganligi;
tadbirkorlik sub’ektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risida ariza bergan taqdirda davlat boji to‘lashdan ozod etilganligi;
tadbirkorlik sub’ektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish borasidagi talab, valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinganligi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish bo‘yicha kontraktlar mustasno;
eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat ilgari xuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida berilishi inobatga olinsin. 
3. Viloyat hokimining o‘rinbosari H.G‘oyirov adliya (A.Xalilov), soliq (X.Xudoyberdiyev), moliya (A.To‘xtayev), arxitektura va qurilish (Z.Muxiddinov), hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma (S.Fozilov) boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi (A.Qudratov), Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi (J.Qandov), Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (Sh.Astanov), tegishli korxona va tashkilotlar hamda shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
3
kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi 
PF-4848-sonli Farmonining mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish, jumladan, uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish choralarini ko‘rsinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari H.G‘oyirov zimmasiga yuklatilsin.




Viloyat hokimi                                                                                                                     M.Esanov

Orqaga Chop Etish  143 |   25-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation