Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning Vatanimiz Mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan tabrik so’zi
Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning Vatanimiz Mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan tabrik so’zi

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar va qadrli mehmonlar!

      Bugun jannatmakon diyorimizning barcha go’shalarida ona yurtimiz tarixidagi buyuk sana, biz uchun eng ulug’, eng aziz bo’lgan Vatanimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma to’rt yillik bayrami katta shodu xurramlik bilan keng nishonlamoqda.

Ana shu qutlug’ ayyom bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda barcha buxoroliklarni chin qalbimdan tabriklash, barcha-barchangizga o’zimning chuqur hurmatim va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.

Aziz do’stlar!

G’oyatda mashaqqatli sinov va kurashlarda qo’lga kiritgan Vatanimizning Mustaqillik kunini nishonlar ekanmiz, barchamizning hayotimizda chuqur iz qoldirgan, biz bosib o’tgan tarixan qisqa davrda nimalarni boshimizdan kechirdik, nimalarga erishdik, ta’bir joiz bo’lsa, “Biz kecha kim edigu bugun kim bo’ldik?” degan fikr-mulohazalar beixtiyor xayolimizdan o’tishi tabiiydir.

Mustaqillik, istiqlol degan ulug’ ne’mat avvalo xalqimizga erkinlik va ozod hayotni bergan, insoniy sha’nimiz, milliy ongimiz, qadr-qimmatimizni tiklab, barchamizga o’zligimizni anglash tuyg’usini, tilimiz, muqaddas dinimizni, qadriyat va urf-odatlarimizni qaytarib bergan, Vatanimiz tarixida hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydigan buyuk sanadir.

Mustaqillik biz uchun – bu o’z taqdirimizni qo’lga olib, yurtimizning yer osti, yer usti boyliklariga ega bo’lish, beqiyos moddiy va ma’naviy salohiyatimizni amalga oshirish, jahon miqyosida o’zimizga munosib o’rin egallash demakdir.

Xalqimiz o’z erkini qo’lga kiritgandan buyon o’tgan tarixan qisqa davrda muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar natijasida huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish borasida katta yutuqlarga erishildi. Umuman, yurtimizda barcha sohalarda beqiyos o’zgarishlar, yangilanishlar ro’y berdi.

Jahon hamjamiyatida tenglar ichra tengligimizdan,  erishgan zalvorli yutuqlarimizni dunyo tan olayotganidan har birimiz faxrlanamiz. Ana shu muvaffaqiyatlarimiz haqida gap borar ekan, bu davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan Taraqqiyotning o’zbek modeli bilan bog’liqligini jahon tan olmoqda, havasu hayrat bilan gapirmoqda. O’zbekiston shu model tufayli dunyoda yuz bergan va berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar sharoitida ham rivojlanishning yuqori sur’atlariga erishmoqda.

     Yurtimizda bo’lgani kabi viloyatimizda ham yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlari ko’lami kengayib, uning samaralari tobora salmoqli bo’lib bormoqda. Bir so’z bilan aytganda bugun viloyatda yashovchi har bir kishi o’z hayotida, taqdirida, obod turmushida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim, O’zbekistonim”, degan ezgu g’oyani his etgan halda yurtimiz taraqqiyotiga o’zining o’zining munisib hissasini qo’shib kelmoqda.

  Qadrli do’stlar!

Turli jabhalarni o’zida qamrab olgan dasturlar asosida aniq maqsadlar yo’lida qilinayotgan sa’y-harakatlar  natijasida viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda muayyan yutuqlarga erishildi. Masalan, joriy yilning birinchi yarmida viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 107,2 foizga oshdi. Sanoatni rivojlantirish, uning salohiyatini oshirish bo’yicha belgilangan 217 ta loyiha joriy etilishi tufayli 1 trillion 981,1 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Shu o’rinda viloyatimizning eksport salohiyati oshib borayotgani haqida ham to’xtalish lozim bo’ladi. Joriy yilning o’tgan davrida korxonalarimiz tomonidan xorijga 152,5 million AQSh dollari miqdorida eksport qilindi. Bu o’tgan yilning shu davridagidan ancha ziyoddir.

 Qishloq xo’jaligida islohotlar izchil  amalga oshirilishi, davlatimiz tomonidan qishloq mulkdorlari bo’lgan fermerlarning har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi natijasida g’alladan mo’l hosil olindi. Bu yil viloyatimizda 401,3 ming tonnadan ziyod g’alla yetishtirilib, davlatga 187,9 tonna don sotildi. Hosildorlik 61,2 sentnerga etdi. Sohadan katta foyda olindi. Dasturxonimiz to’kin bo’ldi. Qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlari ham rivojlanayotganini bozorlarimiz arzon noz-ne’matlar bilan serobligi ham ko’rsatib turibdi.

Paxtakorlarimiz tabiat injiqlarini katta matonat bilan yengib, yaxshi hosil yetishtirishdi. Joriy yilgi xirmonimiz salmog’i ham o’tgan yildagidan kam bo’lmasligi aniq.

Prezidentimiz tomonidan 2015 yilning Keksalarni e’zozlash yili, deb e’lon qilinishiga muvofiq ishlab chiqilgan Davlat va hududiy dasturlarda belgilangan tadbirlarga  hozirgacha 169,4 mlrd.so’m va 132,5 mln. AQSh dollarlik mablag’ sarflandi.

Amaldagi yilimizning mohiyati va ahamiyati faqatgina ushbu raqamlar bilan cheklanib qolmaydi. “Keksalarni e’zozlash yili” butun jahon “ommaviy madaniyat” ta’siriga berilib, insoniylik, gumanizm singari ezgu tushunchalardan chekinayotgan bir paytda yurtimizda milliy o’zlikni anglash, tariximiz, milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizni teran anglash va qadrlash kabi yuksak ma’naviy fazilatlar tobora rivojlanayotganligining ham o’ziga xos ko’zgusi bo’ldi.

Zero muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “ma’naviyat sohasida erishgan marralarimiz bilan biz hech kimdan kam bo’lmasdan, ko’pgina manaman degan davlatlardan o’zib ketganimiz eng muhim yutug’imizdir.

Moddiy nuqtai nazardan biz eng rivojlangan davlatlardan balki hali orqadadirmiz. Lekin, biz o’z yo’limizni tanladik va bu yo’ldan qaytmasdan, qat’iy ishonch bilan ayta olamiz: moddiy nuqtai nazardan ham bu marra albatta bizniki bo’ladi, ammo ma’naviy nuqtai nazardan qaraganda, eng engilmas kuch o’zi nima? Yuksak ma’naviyatli xalq emasmi? O’zingiz ayting, bunday xalqni yengib bo’ladimi?..”

Ushbu so’zlarni o’z tafakkurimizda mushohada qilar ekanmiz, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” degan ibratli naqlning naqadar hayotiy haqiqatga aylanib borayotganligini teran his etamiz.

Mustaqilligimizning yigirma to’rt yilligi viloyatimiz aholisi uchun qurilish sohasida ham ulkan o’zgarishlar va yangilanishlarga boy davr bo’ldi, desak, adashmaymiz. Davlatimiz rahbarining g’amxo’rligi bilan investitsiya va boshqa mablag’lar hisobidan joriy yilda viloyatda 24 ta qishloq ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Yo’llar ta’mirlandi. Bir necha maktab va kollejlar, sog’likni saqlash ob’ektlari barpo qilindi. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti,  Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filiallari zamonaviy ta’lim standartlari asosida kapital rekonstruktsiya qilindi.

Yosh oilalarimizga munosib yashash muhitini taqdim etish maqsadida Buxoro va Kogon shaharlari, G’ijduvon tumanida har biri 64 ta xonadondan iborat 3 ta “Kamolot”  uylari jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarga tuhfa etildi. Shu o’rinda Prezidentimizning bevosita tashabbuslari va rahnamoliklarida qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi ko’lami kengayib borayotganini ta’kidlash joiz. Joriy yilda ham viloyatda 993 ta namunaviy uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Albatta bu ishlarning barchasi aholimizning katta qismi yashaydigan qishloqlarimiz qiyofasini ham o’zgartirish, bu erda yashovchi kishilar turmush madaniyatini oshirish va farovonligini ta’minlash yo’nalishidagi islohotlarning samarasidir.

  Azizlar!

Mustaqillik yillaridagi yutuqlarning salmoqli bo’lib borishida kishilarning ongidagi katta o’zgarishlar, ularda daxldorlik tuyg’usi muhim omil bo’lmoqda. Ayniqsa, bugungi va ertangi kunimizni belgilovchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi asosida tarbiya olayotgan, sog’lom, barkamol yosh avlod timsolida bu haqiqat namoyon bo’lmoqda.

Muhtaram Yurtboshimiz asos solingan mutlaqo yangi ta’lim tizimida tahsil olayotgan, zamonaviy shart-sharoitlarda shug’ullanayotgan yoshlarimizning xalqaro maydonlarda qo’lga kiritayotgan yutuqlari, hozirdanoq davlat mukofotlariga munosib ko’rilayotganligi barchamizning ko’nglimizda faxr tuyg’ularini baxsh etishi barobarida, yurt kelajagi munosib qo’llarda ekanligini anglatib turadi.

Azizlar!

Yurtimizda insonning el ravnaqi yo’lidagi xizmatlari munosib qadrlanadi. Mamlakatimiz mustaqilligi arafasida respublikamiz Prezidentining Farmonlariga asosan, istiqlolimiz 24 yilligi munosabati bilan bir guruh viloyatdoshlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar. Fursatdan foydalanib, davlatimizning munosib e’tirofiga sazovor bo’lgan ana shu yurtdoshlarimizni samimiy tabriklayman.

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni mamlakatimiz davlat Mustaqilligining 24 yilligi  bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Har biringizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxtu saodat,  tuprog’i muqaddas O’zbekistonimiz qudratini oshirish yo’lidagi ezgu ishlaringizga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Yurtimiz osmoni hamisha musaffo bo’lib, uni yomon ko’zlardan asrasin!

Xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

 

Orqaga Chop Etish  1677 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 38
  • Ko`rib chiqilmagan: 21
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

28-07-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation