Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  O`zaro hamkorlik /  Buxoro viloyati hokimligi hamda mahalla yig`inlari hamkorligi
Buxoro viloyati hokimligi hamda mahalla yig`inlari hamkorligi

Joriy yilning yanvar oyi davomida viloyat hokimligi tomonidan xalqimizning tinch va osuda hayotni qadrlash, dinniy bag’rikenglik va dinlararo totuvlikni, milliy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida Buxoro va Kogon shaharlarida “Mahalla-totuvlik va hamjihatlik maskani” mavzusida tadbirlar o’tkazildi.

Turli millat va elatlar vakillari gavjum istiqomat qilayotgan Buxoro shahridagi “Jo’ybor” va “Havzi Nav”, Kogon shahridagi “Zirobod” va “Navzirobod” mahalla fuqarolar yig’inlarida tashkil etilgan tadbirlarda jami ming nafardan ortiq ishtirokchilar qamrab olindi.

Tadbirlarda viloyatdagi obro’-e’tiborli faollar, jumladan, “El-yurt hurmati” ordeni sohiblari, viloyat bosh imom-xatibi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar, ta’lim va madaniyat sohasi vakillari, milliy madaniy markazlar faollari tomonidan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor”, “Mahalla-totuvlik va hamjihatlik maskani”, “Hamjihatligimiz-tinchlik va osoyishtaligimiz garovi”, “Yagona osmon ostida, hamjihatlikda-ezgulik va bunyodkorlik yo’lida” mavzularida ma’ruzalar qilinib, mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonda millatlar va dinlararo totuvlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan oqilona va insonparvar siyosat jamiyatimizdagi barqarorlikni ta’minlashning asosiy omili bo’layotganligi xususida targ’ibot qilindi. Jumladan, ma’ruzachilar tomonidan xalqimizning o’ziga xos an’analari, turli millat va din vakillarining milliy an’ana va qadriyatlarini yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, azaldan mahallalarda fuqarolar milliy yoki diniy mansubligidan qat’iy nazar bir-biri bilan ahil, totuvlikda yashab kelayotganligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, hozirgi barqaror vaziyatga yangicha ko’rinishlarda tahdid soluvchi turli buzg’unchi guruhlar o’zlarining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy qo’poruvchilik harakatlari, ayniqsa, millatchilikka, diniy ayirmachilikka asoslangan radikalizm, diniy ekstremistik g’oyalari bilan dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotganligi, turli mintaqalarida ro’y berayotgan bunday mudhish voqea va to’qnashuvlarni keltirib chiqarishga urinayotgan kuchlarning jirkanch qiyofasini namoyon etayotganligi tushuntirib berish bilan birga, turli millat va elatlar va milliy markazlari faollari tomonidan bugungi hayotiy voqelikdan ogoh bo’lish, viloyatdagi millatlararo totuvlik va hamjihatlikni, o’zaro milliy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash haqida ham ta’kidlandi va mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir jarayonida viloyat musiqali drama teatri, “O’zbeknavo” estrada birlashmasi, milliy madaniy markazlar, “Barkamol avlod” markazlari tarbiyalanuvchilarining ijodiy chiqishlaridan iborat kontsert dasturi namoyish etildi.

Mazkur tadbirlar ko’tarinki kayfiyatda o’tkazilib, barcha qatnashchilar bunday tadbirlar mahalla ahlining jipsligi, hamjihatligini  yanada kuchaytirishi, azaliy an’analarimizni yosh avlodga etkazib, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini e’tirof etdilar.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1526 |   11-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 26
  • Ko`rib chiqilmagan: 9
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

28-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation