Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Qonun ustuvorligi-jamiyat taraqqiyotining kafolatidir!!!
Qonun ustuvorligi-jamiyat taraqqiyotining kafolatidir!!!

“Qonun ustuvorligi tushunchasi – O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov ta’biri bilan aytganda: huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va normalarni buzganligi uchun javobgar bo‘ladi”
Qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar qatori Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Tabiiyki, tekshirishlar, o‘rganishlar, tadbirlar, monitoringlar va ularning natijalari asosida ko‘rilayotgan ta’sir choralari qonun ustuvorligini ta’minlash uchun asos bo‘lmoqda.
2016 yil mobaynida qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan 4 nafar mansabdor va 2 nafar jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilib, jami 2 363 855 so‘m miqdorida jarimalar undirilishiga erishildi.
Jumladan: 2016 yilda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), foydalanish hamda chet ellardan olib kirish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish bo‘yicha 2016 yil mobaynida tegishli Davlat organlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir jarayoniga «Buxkomtexdastur» Ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan Buxoro shahar va tumanlardagi paxta qabul qilish zavodlarida o‘rnatilgan “Mikrotik Router Boord” rusumli RRL qurilmalaridan 5220, 5240, 5300, 5320, 5745, 5785, 5825 MGs chastotalarda, jismoniy shaxs tomonidan “Wateston” rusumli radiostansiyalardan va “Viloyat kompyuterlashtirish markazi”DUK tomonidan “Mikrotik Router Board” rusumli RRLlardan tegishli ruxsatnomasiz foydalanilayotganligi aniqlandi. Bo‘linma tomonidan hujjatlar to‘plamini o‘rganilganda O‘zbekiston Respublikasi “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonunning 9-modda 2-xatboshi va 2005 yil 7 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1531-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasining hududida radioelektron vositalarni va radiochastotalar spektrini ishlatishni boshqarish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi Nizom”ning 105 bandi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan va «Buxkomtexdastur» Ma’suliyati cheklangan jamiyati rahbariga hamda jismoniy shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 152-moddasi 1-qismi bilan;
Vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan tizimli monitoring jarayonida «GIJDUVON OYNAI JAXONI» MChJ televideniyesi tomonidan dasturlar yo‘nalishining efir hajmiga rioya qilinmaganligi aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan hujjatlar to‘plamini o‘rganish jarayonida, televideniyelar tomonidan “Eshittirish televideniyasi vositalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining tegli bandlari hamda litsenziyalovchi organ bilan televideniyelar o‘rtasida tuzilgan litsenziya kelishuvining «Litsenziat teledasturlarni tarqatish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish), foydalanish, xizmat kursatish faoliyati talablariga, davlat va tarmoq standartlariga, o‘rnatilgan qoidalariga, texnik normalariga muvofiq amalga oshirishi shart»talablari buzilishiga yo‘l quyilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 153-moddasi bilan, 
Shuningdek, 2016 yil 27 avgust kuni Buxoro shahar Sohibkor qishloq hududidagi 24-maktab binosiga suv quvuri o‘tkazish maqsadida “Real neftgaz trans” MChJ tomonidan qazish ishlarini olib borish vaqtida TPP-100x2 sig‘imli kabelini uzib, yaroqsiz holga keltirganligi va 2016 yil 28 sentyabr kuni jismoniy shaxs tomonidan Zafarobod RTSdan, Zafarobod aloqa bog‘lamasi tomoniga 300 metr masofada o‘tgan aloqa kabelini yer tekistlash vaqtida uzganligi aniqlandi. Bu bilan,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 maydagi 210-son qarori asosida tasdiqlangan “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari”ning tegishli bandlari buzilganligi aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 154-moddasi bilan korxona rahbariga va jismoniy shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik choralar qo‘llanildi.
Xulosa o‘rniga shuni ta’kidlash lozimki, yurtimizda aloqa va axborotlashtirish sohasining rivoji, taraqqiyoti yo‘lida qonun ustuvorligini ta’minlash, qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishiga erishish, avvalo fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari muhofaza etilishining, jamiyat taraqqiyotining kafolatidir.
Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilish bundan keyin ham bizning asosiy burchimiz bo‘lib qolaveradi. 
 

AA va TTSNBDI Buxoro viloyati hududiy 
bo‘linmasi inspektori A.Sharipov

Orqaga Chop Etish  406 |   27-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation