Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Elektron hukumat /  Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 50-son, 628-modda)


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborotning yagona markazlashtirilgan manbaini shakllantirish, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda «Elektron hukumat» tizimining foydalanuvchilarini haqiqiy identifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
«Elektron hukumat» tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
«Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda «Elektron hukumat» tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini (keyingi o‘rinlarda markaziy ma’lumotlar bazalari deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish jadvalini tasdiqlasin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tuzilmalarida xodimlarning belgilangan shtatdagi soni doirasida «Elektron hukumat» tizimining markaziy ma’lumotlar bazalarini va tizimdan foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi deb ataladi) texnik qo‘llab-quvvatlash va ularning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha guruhlarni tashkil etsin;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy ma’lumotlar bazalari va identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuviga qo‘yiladigan texnik talablarni ikki oy muddatda tasdiqlasin;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlarini joriy qilish hamda ularning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuviga doir chora-tadbirlar rejasini ikki oy muddatda tasdiqlash uchun 2013 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasiga kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoYeV
 

Toshkent sh.,
2015 yil 17 dekabr,
365-son
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi 365-son qaroriga
1-ILOVA 

 Yuklab olish 116 KB

 

Orqaga Chop Etish  847 |   22-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 38
  • Ko`rib chiqilmagan: 21
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

28-07-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation