Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Investitsion faoliyat /  “AGRO BUSINESS BUKHARA” xalqaro biznes forumiga tashrif buyurgan investorlar bilan suhbat. (10.09.2018)
“AGRO BUSINESS BUKHARA” xalqaro biznes forumiga tashrif buyurgan investorlar bilan suhbat. (10.09.2018)

Aytib o`tganimizdek, “AGRO BUSINESS BUKHARA” xalqaro biznes forumiga 18 ta davlatdan 120 dan ortiq kompaniya vakillari tashrif buyurishdi va ular tashkil etilgan forum yuzasidan o`z fikrlarini bildirib o`tishdi:

Shen Guan Xuan, “HENAN VANBANG PREFERRED SUPPLY CHAIN MANAGEMENT CO., LTD” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili (Xitoy): Yurtingiz tadbirkorlari va bizning ishbilarmonlarimiz uchrashuvlari rasmiyatchilikdan mutlaqo xoli bo‘lganini alohida ta’kidlar edim. Mahalliy investorlar o‘zaro hamkorlik masalalarini ishchanlik ruhi bilan muhokama qildilar. Tadbirkorlarimiz esa Buxoroda jozibali loyihalar kutayotganini his qilishdi. Ayni paytda katta salohiyat kasb etayotgan turizm sohasi ham bizni juda qiziqtirdi. Yana bir jihat, investorlarimiz mamlakatingizda qulay investitsiyaviy muhit yaratilgani, investorlar manfaatlari va huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi qonunchilik asoslari yaratilgani haqida keng tushunchalarga ega bo‘ldilar. O‘ylaymanki, mazkur Forum samarasi yaqin istiqbolda amaliy ishlarda, jumladan, qo‘shma korxonalarni tashkil qilishda o‘z ifodasini topadi.

Kim Hwa Jung “Guemsan Iron and steel Co., ltd” Janubiy Koreya kompaniyasining Prezidenti: Biz bugun juda muhim voqea guvohi bo‘ldik. Men avvalo, shuni aytib o‘tishni lozim topdimki, o‘zim ham bundan ikki yil avval sharif shaharning bir yirik loyihasiga tamal toshi qo‘yganman. Bugun shuni mamnuniyat bilan eslayman. Zero, hamkorligimiz o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatdi.

O‘ylaymanki, “Agro business Bukhara” xalqaro biznes Forumi ham Buxoro hududida ishbilarmonlar hamkorligini yanada rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘ladi. Ayniqsa, zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va gidroponika texnologiyalarini rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonalari er maydonlaridan unumli foydalanish, sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish salmoqli darajada o‘sadi.

 

Hursit Ilyas, “VARNET CAM SERA SIST SAN VE TIC LTD STI” Turkiya kompaniyasi direktori: “Agro business Bukhara” xalqaro biznes Forumining yuqori saviyada tashkil etilgani, viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish borasida hududlar investitsion salohiyatini namoyon qiluvchi ko‘rgazmali vositalarning to‘laligi e’tiborni tortmay qo‘ymaydi. Har biri o‘ziga xos. Buxoroga tashrifim birinchi marta emas. Forumda faqatgina iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash ko‘zda tutib qolinmagan, balki o‘zbek xalqining barcha qirralarini o‘zida mujassam etgan. Shu jihati bilan o‘zbekona ehtirom millatning eng katta boyligi ekanini yana bir karra isbot etdi. Milliy hunarmandchilik ravnaqi, turizm sohasidagi xizmatlar turining ravnaq topayotgani havas qilarli darajada. Tasanno!

Orqaga Chop Etish  125 |   13-09-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

19-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation