Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Kun tartibida: komissiyalar faoliyati samaradorligi
Kun tartibida: komissiyalar faoliyati samaradorligi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag’ishlangan seminar-treninglar viloyatimizning barcha hududlarida bo`lib o`tdi.

Buxoro tibbiyot kollejida  o’tgan seminar-treningda viloyat markazidagi saylov uchastkalari komissiya a’zolari qatnashdilar. Tadbirni 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi raisi o’rinbosari Qahramon Tursunov boshqarib bordi.

Buxoro shahridagi saylov uchastkalariga biriktirilgan mahalliy ekspertlar guruhi tadbir ishtirokchilariga saylovchilar ro’yxatini tuzishning o’ziga xos xususiyatlari: milliy tajriba, muddatidan oldin ovoz berish jarayonida uchastka saylov komissiyasi a’zolarining vazifalari hamda saylov kuni ular tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan ishlar, bu jarayonda xalqaro va mahalliy kuzatuvchilarning vakolatlari, faoliyat ko’rsatish tartibi kabi muhim masalalar xususida ma’ruza qildilar.

Dastlab ekspert Gulshan Rajabovaning saylov komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari to’g’risidagi ma’ruzasi tinglandi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish hamda modernizatsiya qilish jarayonida eng yuqori demokratik standartlarga javob beradigan zamonaviy saylov tizimi yaratildi. Erkin va adolatli saylovlarning qonunchilik asoslarini shakllantirish hamda yanada rivojlantirish borasida katta amaliy tajriba to’plandi.

Xususan, 2014 yilning sentyabr oyida saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Unga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslariga, "O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida"gi Qonunga tuzatishlar kiritildi. Ular Markaziy saylov komissiyasini demokratik tarzda shakllantirish, faoliyatining asosiy printsiplarini belgilash, uning mustaqilligini, shu jumladan, moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, shuningdek, saylov va referendumni tashkil etish hamda o’tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni qo’llashga yo’naltirilgan.

Shuningdek, tadbirda J.Boltaev, Q. Xolov, A. Zikrillaev, H. Abdulhuseynov singari mahalliy ekspertlar tomonidan muddatidan oldin ovoz berish va saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishlarini kafolatlovchi qonunchilik normalari, saylovchilar ro’yxatining mohiyati va unga fuqarolar nomlarini kiritish tartibi, uchastka saylov komissiyasining saylovchilar ro’yxati bilan ishlash jarayoni bosqichlari, jazoni o’tash joylarida saylovni tashkil etish va o’tkazish jarayoni, ovoz berishni tashkil etish kabi muhim masalalarga atroflicha to’xtalib o’tdilar.

Qizg’in savol-javoblarga boy bo’lgan seminar-treningda qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Orqaga Chop Etish  490 |   25-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation