Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Buxoroda harbiy qism xizmatchilari va ularning oila a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. (11.10.2018)
Buxoroda harbiy qism xizmatchilari va ularning oila a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. (11.10.2018)

Joriy yilning 11 oktyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi  Davlatyor Rahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori katta yordamchisi, adliya polkovnigi Faxriddin Begashev, Janubiy - G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Zaynobiddin Iminov, Buxoro viloyati harbiy prokurori, podpolkovnik Shuhrat Zoyirov, Buxoro viloyati hokimligi harbiy safarbarlik guruhi rahbari Botir Norboev, Buxoro viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nazirjon Niyozmatovlar  hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida Buxoro gornizonida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan Buxoro yoshlar markazida ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqot harbiy oilalarda uchraydigan ijtimoiy-maishiy muammolar va ularning yechimlari, oilalarning mustahkamligini ta’minlash xususida kechdi.

Ochiq muloqotga Buxoro viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat Xalq qabulxonasi, viloyat Sog‘likni saqlash boshqarmasi, viloyat Soliq boshqarmasi, Bandlik boshqarmasi, Buxoro viloyat Davlat xizmatlari markazi, Majburiy ijro hamda boshqa tegishli tashkilotlarning ma’sul hodimlari  jalb etildi.

Ochiq muloqot davomida harbiy qismlardagi orkestrlar xizmatini qayta jonlantirish, mahallalarda yoshlarni harbiy xizmatga bo‘lgan intilishini mustahkamlashga qaratilgan devoriy ko‘rgazmalar joriy etish, harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlarining ish bilan bandligini kuchaytirish, nafaqadagi harbiylarning salomatligini tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan masalalar o‘rtaga tashlandi.

Harbiylar oilasi, ya’ni ayollarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi lozimligi bildirildi.

Tadbir davomida 720 nafar harbiy hizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Orqaga Chop Etish  148 |   05-12-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 84
  • Ko`rib chiqilmagan: 45
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

23-04-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation