Bosh sahifa /  Elektron hukumat /  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI ELEKTRON HUKUMAT TO‘G‘RISIDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI ELEKTRON HUKUMAT TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI ELEKTRON HUKUMAT TO‘G‘RISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2015 yil 18 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015 yil 3 dekabrda ma’qullangan 
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 49-son, 611-modda)


1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

 2-modda. Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

 Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri.
so‘rov — ariza beruvchining davlat xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida davlat organlariga yuboriladigan talabi;
ariza beruvchi — davlat organiga so‘rov bilan murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
idoralararo elektron hamkorlik qilish — davlat organlari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida ma’lumotlar almashish;
elektron hukumatning yagona identifikatorlari — har bir jismoniy va yuridik shaxsga, kadastr va ko‘chmas mulk ob’ektlariga, geografik va boshqa ob’ektlarga beriladigan, ularni elektron hukumatda identifikatsiyalash imkonini beruvchi noyob kodlar;
elektron davlat xizmatining reglamenti — elektron davlat xizmati ko‘rsatishga doir tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;
elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati. 
4-modda. Elektron hukumatning asosiy vazifalari
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish;
ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish;
o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish;
Qarang: mazkur Qonunning 18 va 19-moddalari. 
aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o‘zaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha» prinsipini joriy etish;
tadbirkorlik sub’ektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o‘tkazish;
tadbirkorlik sub’ektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;
naqd bo‘lmagan elektron to‘lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish.
5-modda. Elektron hukumatning asosiy prinsiplari
Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi;
«bir darcha» prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish;
davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish;
elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish;
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish;
axborot xavfsizligini ta’minlash.
 

Qonunni to`liq yuklab olish.doc.97 KB

Orqaga Chop Etish  1130 |   16-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation