Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Bojxonada ochiq muloqot
Bojxonada ochiq muloqot

Buxoro viloyat bojxona boshqarmasida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ochiq muloqotda Buxoro viloyati hokimligi, prokuratura, markaziy bank, adliya boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi, soliq idoralari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida etdilar.

Tadbirda ishbilarmonlar manfaatlarini ta’minlash, ularning to’laqonli faoliyat yuritishiga to’sqinlik qilayotgan va halaqit berayotgan bojxonaga doir omillarni aniqlash va zudlik bilan bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, bu yo’nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yangi bosqichga ko’tarishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-sonli Farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur Farmon kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish kabi ezgu va oliyjanob maqsadga qaratilgandir.

Ochiq muloqot o’z nomi va mazmunidan kelib chiqib, samimiy va konstruktiv ruhda, qizg’in

savol-javoblar tarzida bo’lib o’tdi. Tadbirkorlar faoliyatda uchrayotgan muammoli masalalar va takliflarini erkin tarzda bayon qilib, mutasaddi xodimlar bilan fikr-mulohaza almashishdi.

Tadbir davomida ochiq muloqot ishtirokchilarining e’tiboriga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida” PQ-2699-son qarori bilan qo’shilgan qiymat solig’ining 2017 yilga tasdiqlangan stavkalari, O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan aktsizga tushadigan tovarlar hamda tovarlarning ayrim turlariga nisbatan o’zgartirilgan bojxona bojlari stavkalari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ochiq muloqotda tovarlarni eksport-import qilishda tovarning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona bojlarini to’lash va tegishli xisob varaqlarga o’tkazish jarayonida yuzaga kelayotgan turli muammolar muhokama qilindi.

Ochiq muloqot so’ngida kelgusida ham shu kabi tadbirlarni muntazam o’tkazib borish va bojxona organlari va bojxona brokerlari o’rtasidagi xamkorlikni kuchaytirish hamda 2017 yil davomida amalga oshirlishi lozim bo’lgan tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi Valyuta nazorati boshqarmasi boshlig’i B.Xoliqov ishtirok etdi

Orqaga Chop Etish  665 |   01-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

21-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation