Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Matbuot xabarlari /  Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim Buxoroda (27.09.2018)
Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim Buxoroda (27.09.2018)

Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov hamrohligida 26 sentyabr kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab Kogon tumanida joylashgan Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasini ziyorat qildi. Mamlakatimizda buyuk ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning qabr-maqbaralarini tiklash va obodonlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar Turkiya parlamenti delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi. 

Delegatsiya a’zolari majmua hududidagi Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey-qo‘riqxonasiga qarashli “Naqshbandiya tariqati” muzey-filialini ko‘zdan kechirdi, Mir Arab oliy madrasasi talabalari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, mehmonlar Bahouddin Naqshbandning volidasi Bibi Orifa qabrini ham ziyorat qildi.

Buxoro shahridagi Minorai Kalon majmuasi, bu erdagi mashhur Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi bilan tanishuv ham esda qolarli bo‘ldi. Poyi Kalon majmuasiga tashrif chog‘ida O‘zbekiston milliy simfonik orkestrining konsertoldi tayyorgarlik mashg‘uloti doirasida ijro etilgan ashulalar nafaqat turkiyalik mehmonlarga, balki bu erga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarga ham manzur bo‘ldi. 

Mehmonlar Buxoro ipak gilam to‘qish korxonasida bo‘lib, hunarmandlikning bobomeros an’analarini davom ettirayotgan gilamdo‘zlar mehnati va ular tayyorlagan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. 

Orqaga Chop Etish  207 |   05-12-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 80
  • Ko`rib chiqilmagan: 41
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-03-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation