Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlikning me'yoriy huquqiy hujjatlari  /  Shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida
Shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 apreldagi “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi 419-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997 y., 4-5-son, 124-modda), O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi 674-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 9-son, 174-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 iyundagi PF-2871-sonli “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takominlashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 y., 6-son, 118-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi PQ-2724-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takominlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi tariflari darajasi iqtisodiy asoslangan tashish xarajatlaridan va yo‘lovchilarning tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib,
 

QAROR QILAMAN:

1. Buxoro va Kogon shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tarifi avtobuslarda va yo‘nalishli taksilarda 
900 (to‘qqiz yuz) so‘m miqdorida belgilansin.
2. Mazkur qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida e’lon qilinsin hamda hokimlikning buxoro.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
3. Viloyat hokimining 2014 yil 5 iyuldagi “Shahar yo‘lovchilar tashish transportida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi 
238-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror 2018 yilning 20 fevralidan kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati viloyat hokimining o‘rinbosari N.Hamdamov zimmasiga yuklatilsin.


Viloyat hokimi                                                                                                                  O‘.Barnoyev

Orqaga Chop Etish  369 |   07-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

18-12-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation